O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

AVESTA INVESTMENT GROUP qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish litsenziyasini oldi

Dilafro'z Niyazova · 22.11.2025 · 12:44 · 1610 views
AVESTA INVESTMENT GROUP qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish litsenziyasini oldi
AVESTA INVESTMENT GROUP qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish litsenziyasini oldi / Foto: ILMA.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi «AVESTA INVESTMENT GROUP» MCHJga investitsion vositachi sifatida qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

Litsenziya maxsus elektron tizim orqali ayrim turdagi faoliyatlarni litsenziyalash tartibiga oid Yagona nizom asosida rasmiylashtirilgan (2022 yil 21 fevraldagi ro‘yxat № 80).

Tegishli maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan.