O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Dilafro'z Niyazova · 09.10.2025 · 14:15 · 1432 views
Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi
Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan” asosiy talablar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3684-son, 08.10.2025 y).

Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:

atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligining ehtimoliy ko‘rsatkichlarini hisoblash;

og‘ir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;

atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;

atom elektr stansiyasi bloki tizimlarini (elementlarini) modernizatsiya qilish tadbirlarining atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligiga taʼsirini baholash.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan atom elektr stansiyasi bloki tizimlarining ishonchliligini baholash;

nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;

loyihaviy avariyalar uchun boshlang‘ich hodisalar ro‘yxatini asoslash;

loyihadan tashqari avariyalar ro‘yxatini asoslash.

Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot masʼul hisoblanadi.