O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Ananas importi qariyb 2 barobarga oshgan

Dilafro'z Niyazova · 01.09.2025 · 09:05 · 1890 views
Ananas importi qariyb 2 barobarga oshgan
Ananas importi qariyb 2 barobarga oshgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 7 ta xorijiy mamlakatlardan qiymati 1,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,6 ming tonna ananas import qilingan.

Ananas importi hajmi 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga oshgan.

2025 yilning 7 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p ananas yetkazib bergan davlatlar:

  • Xitoy – 4,5 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 92 tonna;
  • Niderlandiya – 16 tonna;
  • Meksika – 5 tonna;
  • Boshqa davlatlar – 3 tonna.