O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Alimjonov O‘zbekistonga Osiyo chempionatidagi ilk medalni olib keldi

Dilafro'z Niyazova · 15.05.2026 · 09:45 · 760 views
Alimjonov O‘zbekistonga Osiyo chempionatidagi ilk medalni olib keldi
Alimjonov O‘zbekistonga Osiyo chempionatidagi ilk medalni olib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi Hindistonning Gandinagar shahrida o‘tayotgan Osiyo chempionatida ilk medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy jamoaga mukofotni 79 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Alimjonov olib keldi.

O‘zbekistonlik sportchi siltab ko‘tarish mashqida 191 kilogramm natija qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi va qitʼa chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun ushbu medal joriy Osiyo chempionatidagi birinchi mukofot bo‘ldi.