9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dastur tasdiqlandi

9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dastur tasdiqlandi

9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dastur tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkaziladi hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari”, tasviriy sanʼat ko‘rgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatiladi.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining o‘z xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga 1 nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishi taʼminlanadi.

Toshkent shahrida 2026 yil 9 may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi tashkil qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling