Iqtisod

“Özmetkombinat” va CSCEC pansionatni modernizatsiya qilişni muhokama qildi

“Özmetkombinat” va CSCEC pansionatni modernizatsiya qilişni muhokama qildi
“Özmetkombinat” va CSCEC pansionatni modernizatsiya qilişni muhokama qildi / Foto: “Özmetkombinat” AJ.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati va Çina Construction Engineering Corporation (CSCEC) tarkibiga kiruvçi Xitoyning CSCEC International kompaniyasi Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida joylaşgan “Metallurg” pansionatini zamonaviy dam oliş maskaniga aylantiriş böyiça hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda “Özmetkombinat” AJ xabar berdi.

Muzokaralar Özbekistonga CSCEC International direktorlar kengaşi raisi Gao Bo boşçiligidagi delegatsiya taşrifi davomida bölib ötdi.

Mehmonlar kombinatga qaraşli pansionatga taşrif buyurib, uning infratuzilmasi, mavjud imkoniyatlari hamda turizm va dam oliş sohasidagi salohiyati bilan tanişdi.

Tomonlar xodimlar uçun yana-da zamonaviy va qulay dam oliş şaroitlarini yaratiş, şuningdek, “Metallurg”ni Böstonliq tumanidagi zamonaviy dam oliş maskanlaridan biriga aylantiriş maqsadida hamkorlikni yölga qöyiş masalalarini muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.