Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 30 oktyabr kuni Toşkentda Özbekistonda startap faoliyatini rivojlantiriş uçun huquqiy şart-şaroitlarni şakllantirişga qaratilgan startaplar töğrisidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Tadbirda davlat organlari, startap kompaniyalari, investitsiya hamjamiyati, startap ekotizimi taşkilotlari va xalqaro hamkorlarning 60 dan ortiq vakili iştirok etdi.
Uçraşuvni Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvçi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) taşkil etdi. Tadbir Buyuk Britaniya Taşqi işlar, Hamdöstlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO) kömagida ötkazildi.
Uçraşuvni oçar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligining kiçik va örta biznesni rivojlantiriş sohasida davlat siyosatini tahlil qiliş, qöllab-quvvatlaş va muvofiqlaştiriş departamenti boşliği Timur Xusanov davlatning startap sohasiga yondaşuvi bosqiçma-bosqiç özgarayotganini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, istiqbolli loyihalarni töğridan-töğri tanlab oliş örniga, bozorning barça iştirokçilari rivojlanişi uçun teng va qulay şaroitlar yaratiş ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Uşbu yondaşuvni IFCning Özbekiston va Turkmaniston böyiça rahbari Nil Makkeyn hamda FCDOning Markaziy Osiyo böyiça iqtisodiy rivojlaniş masalalari maslahatçisi Çarli Morris ham qöllab-quvvatladi.
Iştirokçilar startaplarning innovatsiyalarni rivojlantiriş, raqamli transformatsiyani jadallaştiriş, mehnat unumdorligini oşiriş va yangi iş örinlari yaratişdagi rolini körib çiqdi. Şuningdek, yoşlar va xotin-qizlar tadbirkorligi imkoniyatlarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama davomida startaplarni aniqlaş va ularga tegişli maqom beriş mezonlari, davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlari, investitsiyalar va malakali mutaxassislarni jalb qiliş masalalari ham kötarildi.
Bundan taşqari, iştirokçilar qonun loyihasi qoidalarining mamlakatda amalga oşirilayotgan innovatsion rivojlaniş siyosatiga qançalik muvofiqligini baholadi.
Uçraşuv yakunida startaplar amaliyotda qöllay oladigan, bozor muhitidagi özgarişlar va sohani rivojlantirişning yangi tendensiyalarini hisobga oladigan tuşunarli va şaffof qonunçilik bazasini yaratiş zarurligi ta’kidlandi.