Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston davlat organlari hamda ilmiy-ta’lim muassasalari vakillari 11–24 oktyabr kunlari Seul, Sonnam va Inçxon şaharlarida bölib ötgan giyohvandlik vositalari nazorati masalalariga bağişlangan xalqaro seminarda iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti xabar berdi.
Seminar 2026–2028 yillarga möljallangan «Özbekistonda giyohvandlik vositalari ustidan milliy nazorat sohasida davlat organlari xodimlarining salohiyatini oşiriş» loyihasi doirasida taşkil etildi. Taşabbus Özbekiston Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan Koreya Kriminologiya va adliya instituti (KICJ) bilan hamkorlikda, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) kömagida amalga oşirilmoqda.
Ikki haftalik dasturda davlat organlari va ilmiy-ta’lim muassasalarining 15 nafar vakili iştirok etdi.
Tadbir KOICA kömagida KICJ tomonidan taşkil etildi.
Iştirokçilar Janubiy Koreyaning giyohvandlikka qarşi kuraş sohasida davlat siyosatini şakllantiriş va idoralararo hamkorlikni yölga qöyiş böyiça yondaşuvlari bilan tanişdi. Maşğulotlarning alohida qismlari sun’iy intellektdan foydalaniş, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qiliş, şuningdek, bojxona organlari va Qirğoq qöriqlaş xizmati faoliyatida köçma rentgen uskunalarini qöllaş masalalariga bağişlandi.
Dasturdan yangi psixoaktiv moddalarni aniqlaş va sud-kimyoviy ekspertizalar ötkaziş, şuningdek, internet orqali giyohvandlik vositalari tarqalişiga qarşi kuraşiş masalalari ham örin oldi.
Bundan taşqari, Özbekiston va Janubiy Koreya vakillari giyohvandlikka qaramligi bölgan insonlarni davolaş va reabilitatsiya qiliş, şuningdek, ularning jamiyatda tölaqonli hayotga qaytişi böyiça tajriba almaşdi.
Kriminologiya tadqiqot instituti ma’lumotiga köra, loyiha kriminologiya va giyohvandlikka qarşi kuraş sohalarida Özbekiston hamda Janubiy Koreya örtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirişga kömaklaşişga qaratilgan.