Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Abu-Dabi qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, özbek mahsulotlarining BAA bozoriga yetkazib berilişini kengaytiriş maqsadida qöşma işçi guruh tuzişga kelişib oldi.
Bu kelişuv Özbekiston elçisi Umid Şadiyevning Abu-Dabi Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi boşqarmasi (ADAFSA) rahbariyati bilan uçraşuvida erişildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar agrosanoat majmuasiga investitsiyalarni jalb qiliş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş va ularning Birlaşgan Arab Amirliklariga eksportini oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Özbekiston tomoni amirliklik hamkorlarga qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş, zamonaviy agrosanoat klasterlarini taşkil etiş, mahsulotlarni saqlaş va qayta işlaş infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligining xalqaro standartlarini joriy etiş, eksportga yönaltirilgan mahsulotlar işlab çiqariş hajmini oşiriş hamda logistika tizimini takomillaştirişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv doirasida istiqbolli investitsiya loyihalari, jumladan, zamonaviy Surxon Agro agrosanoat klasterini taşkil etiş loyihasi ham taqdim etildi.
ADAFSA va Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mutaxassislari iştirokida taşkil etiladigan işçi guruh BAA bozorida talab yuqori bölgan Özbekiston qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini aniqlaş bilan şuğullanadi.
Işçi guruh a’zolari mahsulotlarni yetkazib berişning ehtimoliy hajmlari, ularga qöyiladigan talablar va amirlik bozoriga kiriş şartlarini örganadi. Şuningdek, muqobil transport-logistika yönalişlarini işlab çiqadi.
Bundan taşqari, ADAFSA kömagida agrosanoat va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yurituvçi yetakçi amirlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Özbekistonga taşrifini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.