Turizm

Centrum Air Toşkentdan Mattalaga töğridan-töğri reyslarni yölga qöydi

Centrum Air Toşkentdan Mattalaga töğridan-töğri reyslarni yölga qöydi
Centrum Air Toşkentdan Mattalaga töğridan-töğri reyslarni yölga qöydi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Centrum Air aviakompaniyasi Toşkent va Şri-Lankaning Mattala şahri örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöydi.

Yangi yönaliş böyiça parvozlar 2027 yil mart oyi oxiriga qadar haftasiga ikki marta — çorşanba va şanba kunlari amalga oşiriladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Birinçi reys 28 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportiga yetib keldi. Samolyot 160 nafar yölovçini olib kelgan.

Yangi yönaliş oçilişi munosabati bilan samolyot an’anaviy suv arkasi orqali kutib olindi. Şundan söng rasmiy marosim bölib ötdi.

Mazkur yönaliş Özbekistonning Islomoboddagi elçixonasi va Centrum Air aviakompaniyasining Şri-Lankaning tegişli taşkilotlari bilan olib borgan muzokaralari natijasida oçildi. Qabul qiluvçi tomon vakillari Toşkent — Mattala — Toşkent yönalişi böyiça töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Yangi yönaliş Özbekiston va Şri-Lanka örtasidagi transport aloqalarini kengaytiriş, şuningdek, savdo, investitsiya va turizmni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.

Töğridan-töğri reyslar Şri-Lanka va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi aviaqatnovlarda Özbekistondan tranzit yönalişi sifatida foydalaniş imkonini ham beradi.

Parvozlar 2027 yil mart oyi oxiriga qadar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.