Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Gonkong savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş hamda investitsiyalarni jalb qiliş istiqbollarini muhokama qildi.
28 oktyabr kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Ilzat Qosimovning Gonkong umummintaqaviy birlaşgan savdo-sanoat assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Delegatsiyaga assotsiatsiya raisining örinbosari Fan Szikan boşçilik qildi.
Uçraşuv iştirokçilari assotsiatsiyaning Özbekistonda vakolatxonasini oçiş imkoniyatini, şuningdek, işbilarmon doiralar vakillari örtasida töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş masalalarini körib çiqdi.
Farmatsevtika, sanoat, logistika va raqamli texnologiyalar sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunlariga köra, tomonlar qöşma taşabbuslarni amaliy jihatdan röyobga çiqarişga tayyorligini tasdiqladi hamda işbilarmonlik şerikligini yana-da mustahkamlaşga kelişib oldi.