Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Made in Uzbekistan brendi ostidagi özbek kompaniyalari mahsulotlari Parijda bölib ötgan SIAL Paris 2026 xalqaro oziq-ovqat körgazmasida bir yöla beşta milliy pavilyonda namoyiş etildi. Ilgari özbekistonlik tadbirkorlarning uşbu körgazmada birorta ham milliy pavilyoni bölmagan. Delegatsiya iştirokçilari bir qator eksport şartnomalarini imzoladi. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanali xabar berdi.
SIAL Paris körgazmasi 31-marta ötkazildi. U har ikki yilda bir marta taşkil etilib, dunyoning turli mamlakatlaridan yirik işlab çiqaruvçilar, tadbirkorlar va xaridorlarni bir joyga töplaydi.
Iştirokçilarning aytişiça, savdo sohasidagi xorijiy mutaxassislarni, avvalo, özbek mahsulotlarining tabiiyligi va organik kelib çiqişi qiziqtirmoqda. Eksportçilardan biri kompaniyasi 2017 yilda 200 ming dollarlik mahsulot eksport qilganini, hozirda esa bu körsatkiç 20 million dollarga yetganini aytdi. Körgazma yakunlanmasidan oldin kompaniya 3 million dollarlik şartnoma imzoladi. Uning sözlariga köra, kompaniya 100 dan ortiq mamlakat vakillari bilan muzokara olib bormoqda hamda Fransiya, Germaniya va Niderlandiyaga mahsulot yetkazib bermoqda.
Yana bir iştirokçi Niderlandiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va Turkmanistondagi hamkorlar bilan şartnomalar imzolanganini ma’lum qildi. Buyuk Britaniya va Kanada kompaniyalari ham özbek mahsulotlariga qiziqiş bildirgan.
Xorijiy kompaniyalar ham hamkorlikka qiziqişini bildirdi. Germaniya eksport kompaniyasi boş direktori Miriam Guaterning ta’kidlaşiça, özbek mahsulotlari sifati va ta’mi tufayli Yevropa xaridorlari orasida tobora ommalaşmoqda. Uning aytişiça, dastlabki kelişuvlarga erişilgan.
Amerika savdo kompaniyasi rahbari Liba Endji özbekistonlik tadbirkorlar bilan mahsulotlarni Argentina va Venesuelaga eksport qiliş böyiça şartnomalar tuzilganini ma’lum qildi. Turkiyaning qöşma korxonasi rahbari Bora Kandan esa özbek hamkorlari bilan birgalikda zavodlar qurilayotganini aytdi.
Muzokaralardan taşqari, delegatsiya iştirokçilari jahon oziq-ovqat bozoridagi yangi tendensiyalarga bağişlangan mahorat darslari va taqdimotlarda ham qatnaşdi.