Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor sun’iy intellekt boşqaradigan robot-assistent yordamida çanoq-son böğimini endoprotezlaş operatsiyasi ötkazildi. Jarrohlik amaliyoti real vaqt rejimida mamlakatning barça hududlariga onlayn translyatsiya qilindi. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanali xabar berdi.
Operatsiyadan oldin robot-assistent bemorning kompyuter tomografiyasi ma’lumotlarini tahlil qilib, jarrohlik aralaşuvining virtual rejasini tuzadi. Operatsiya davomida esa inson qöli bajara olmaydigan darajada aniq harakatlarni amalga oşiradi. Çanoq-son böğimining oğir deformatsiyalarida operatsiya muvaffaqiyati protezni töğri burçak ostida örnatişga boğliq.
Travmatolog-ortoped, tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktori Dilşod Şamsimetovning ta’kidlaşiça, robotlaştirilgan texnologiya endoprotezni aniqroq tanlaş va örnatiş, asoratlar xavfini kamaytiriş hamda reabilitatsiya jarayonini tezroq boşlaş imkonini beradi.
Operatsiyalarda xorijiy mutaxassislar ham iştirok etdi. Xitoylik travmatolog-ortoped Syuy Pen robot yordamida amalga oşiriladigan jarrohlik amaliyotlari yuqori aniqligi, tezroq bajarilişi va asoratlar deyarli kuzatilmasligi bilan ajralib turişini qayd etdi. Uning sözlariga köra, Xitoy tomoni yangi texnologiyalarni qöllaş böyiça öz tajribasi bilan örtoqlaşişga tayyor.
Rossiyalik travmatolog-ortoped Yevgeniy Melçenko genetik kasallikka çalingan bolalarda tuğma çanoq-son böğimi çiqişini joyiga soliş operatsiyasini ötkazdi. Uning aytişiça, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli va reja asosida yakunlangan.
Travmatolog-ortoped, tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktori Şuhrat Usmonovning ma’lum qilişiça, markazda Rossiya, Xitoy, Koreya, Hindiston va Yevropa mamlakatlaridan kelgan şifokorlar bilan birgalikda 40 dan ortiq jarrohlik amaliyoti ötkazilmoqda. Onlayn translyatsiya orqali hududlardagi şifokorlar poytaxtga kelmasdan operatsiyaning har bir bosqiçini kuzatiş va uni muhokama qiliş imkoniga ega böldi.
Bemorlardan biri 12 yil davomida böğim oğriğidan aziyat çekkanini aytdi. Uning sözlariga köra, robot iştirokida operatsiya ötkazilişi haqidagi xabar dastlab uni qörqitgan, biroq jarrohlik aralaşuvi heç qanday noxuş hislarsiz ötgan.
Kelgusida robot-assistent yordamidagi operatsiyalarni markazning hududiy filiallarida ham joriy etiş rejalaştirilgan.