O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi

UzDaily · 09.09.2025 · 09:41 · 7211 views
Yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi

Yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari Liverpulda o‘tkazilayotgan jahon chempionatidagi navbatdagi janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, qator ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi.

-54 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Nigina O‘ktamova vengriyalik Anna Lakotarni 5:0 hisobida mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi. Endi u, 10 sentyabrda yarim final uchun ringga ko‘tariladi.

Shavkatjon Boltayev ham chorak finalda. Bokschimiz qiyin kechgan bahsda, ispaniyalik Bernad Martinezni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bokschimiz To‘rabek Xabibullayev -90 kg vaznda Gretsiya vakili Vagkan Nanitzanianni qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi. 5:0. Keyingi bahs chorak finalda qozog‘istonlik Sag‘indik Tog‘ambayga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Navbahor Hamidova -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, belgiyalik Vagkan Nanitzaniandan 4:1 hisobida ustun keldi.

Abdumalik Xalokov -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, italiyalik Jiuseppe Kanonikoni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Chempion o‘z uslubida davom etmoqda.

-75 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Fazliddin Erkinboyev turkiyalik Sultan Osmanlini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yana bir chorak final naqd qilindi.

Kunning so‘nggi bahsida, Jahongir Zokirov +90 kg vaznda germaniyalik Nikita Putilovni 5:0 hisobida= mag‘lubiyatga uchratdi.

UzDaily · 👁 7211 views · 09.09.2025 · 09:41