O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Dilafro'z Niyazova · 22.09.2025 · 23:18 · 1605 views
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yengil sanoat sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

Agentlik to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik qoshida Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025 yil 1 oktyabrdan quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari qo‘llaniladi:

xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish;

eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplash hamda mutaxassislarni o‘qitish uchun grantlar ajratish;

xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplash.