O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Vladivostokda turizm va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Dilafro'z Niyazova · 18.02.2025 · 14:00 · 1131 views
Vladivostokda turizm va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Vladivostokda turizm va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vladivostokda Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyati, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish va hududlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Vladivostokda “Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida bo‘lib o‘tgan xokkey o‘yinida O‘zbekiston delegatsiyasi respublikaning turizm salohiyatini namoyish etgan edi.