O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

T‘way Air Seul va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Dilafro'z Niyazova · 07.05.2025 · 23:30 · 806 views
T‘way Air Seul va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
T‘way Air Seul va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning T‘way Air aviakompaniyasi Seul – Toshkent – Seul yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishini eʼlon qildi. Parvozlar dasturi 2025 yil 23 maydan boshlanishi rejalashtirilgan.

Reyslar haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘nalishda Boeing 777-300 va Airbus A330-300 kabi zamonaviy samolyotlar foydalaniladi, ular yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni taʼminlaydi.

T‘way Air — Janubiy Koreyaning yetakchi byudjet aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, 2010 yilda tashkil etilgan. Aviakompaniyaning bosh idorasi Seul shahrida joylashgan.