O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkentda O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dilafro'z Niyazova · 15.05.2025 · 12:00 · 574 views
Toshkentda O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 14 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston–Turkiya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi va O‘zbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi Davron Vaxabov, Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar qo‘mitasi (DEİK) rahbari va ishbilarmonlar kengashi Turkiya tomoni hamraisi O‘zg‘ur Onur O‘zguven, ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, o‘zaro investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasi va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilish ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.