O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda olti yoshli bola yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi

UzDaily tahririyati · 12.07.2026 · 11:05 · 28 views
Toshkentda olti yoshli bola yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkentda olti yoshli bola yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti yoshli bola halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, voqea 1 iyul kuni sodir bo‘lgan. Tracker avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi Cobalt avtomobili ortidan yo‘lning qatnov qismiga yugurib chiqqan bolani urib yuborgan.

Olingan jarohatlar oqibatida bola voqea joyining o‘zida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi bilan, yaʼni harakat xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.