O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Gruziyada o‘z elchixonasini ochadi

UzDaily tahririyati · 03.07.2026 · 19:00 · 38 views
O‘zbekiston Gruziyada o‘z elchixonasini ochadi

O‘zbekiston Gruziyada o‘z elchixonasini ochadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Gruziyada o‘z elchixonasini ochadi. Diplomatik vakolatxona tashkil etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qabul qilindi.

Muzokaralar O‘zbekiston rahbarining Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Tbilisi shahrida tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi elchixonasini tashkil etish uchrashuvning ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan amaliy natijalaridan biri bo‘ldi.