Toshkentda Kichik halqa yo‘lida harakat 40 kun cheklanadi
Toshkentda Kichik halqa yo‘lida harakat 40 kun cheklanadi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 25 iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Kichik halqa yo‘lining bir qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar magistral issiqlik quvurini almashtirish ishlari munosabati bilan joriy etilmoqda, deb xabar qildi tuman hokimligi.
Ishlar «Veolia Energy Tashkent» XK MCHJ tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya 40 kun davomida diametri 530 mm bo‘lgan, umumiy uzunligi 1540 metrni tashkil etuvchi magistral issiqlik quvurini almashtiradi.
Qurilish-taʼmirlash ishlari davomida Kichik halqa yo‘lining mazkur qismida avtotransport harakati ikki tasma bo‘yicha qisman cheklanadi.
Tuman hokimligi haydovchilarni yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishga va imkoni bo‘lsa, muqobil aylanma yo‘llardan foydalanishga chaqirdi.