O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi qurilayotgan binodan yong‘in chiqdi

UzDaily · 19.08.2025 · 20:50 · 571 views
Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi qurilayotgan binodan yong‘in chiqdi

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi qurilayotgan binodan yong‘in chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Olmazor tumanida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV maʼlumotlariga ko‘ra, yong‘in haqida xabar soat 11:11 da tushgan. Tom qismiga izolyatsiya materiallari yotqizish jarayonida texnologiya talablari buzilishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in soat 11:32 da nazoratga olingan va 11:34 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida 19 kvadrat metr maydonda tom izolyatsiya materiallari yonib ketgan.

Fuqarolar orasida jabrlanganlar yo‘q, binodagi ichki xonalarga ziyon yetmagan va yong‘in vaqtida u yerda qimmatli eksponatlar bo‘lmagan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov yetib bordi.

UzDaily · 👁 571 views · 19.08.2025 · 20:50