O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Emapta oʻz xizmat koʻrsatish faoliyatini kengaytirish uchun Oʻzbekistonga koʻz tikmoqda

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 21:15 · 25 views
Emapta oʻz xizmat koʻrsatish faoliyatini kengaytirish uchun Oʻzbekistonga koʻz tikmoqda

Emapta oʻz xizmat koʻrsatish faoliyatini kengaytirish uchun Oʻzbekistonga koʻz tikmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Global Business Services Forum (GBSF) 2026 doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Emapta Global kompaniyasining Chief Performance Officer'i Roy Figueroa bilan uchrashdi. Muzokaralarda Eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktor Jahongir Kagirov boshchiligidagi IT Park Uzbekistan vakillari ham ishtirok etdi.

10 000 dan ortiq mutaxassisni birlashtirgan Emapta autsorsing, Employer of Record (EOR) va taqsimlangan jamoalarni boshqarish bo‘yicha yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya 30 dan ortiq mamlakatdagi 1 000 dan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatadi hamda global servis markazlari tarmog‘ini kengaytirish uchun yangi yo‘nalishlarni izlamoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Emapta servis markazini tashkil etish istiqbollari, pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish, oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash hamda xalqaro mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan jamoalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, IT Park ekotizimi, davlat tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari va xalqaro kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etildi.

Tomonlar hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish, keyingi ishchi uchrashuvlarni tashkil etish hamda Emapta'ning O‘zbekistondagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini birgalikda o‘rganishni davom ettirishga kelishib oldilar.