O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda Chevrolet Orlando yonib ketdi: jabrlanuvchilar yo‘q

Dilafro'z Niyazova · 27.02.2025 · 23:20 · 658 views
Toshkentda Chevrolet Orlando yonib ketdi: jabrlanuvchilar yo‘q
Toshkentda Chevrolet Orlando yonib ketdi: jabrlanuvchilar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustakillik ko‘chasida Chevrolet Orlando avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa soat 13:13 da sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar tezkor yetib borib, yong‘inni tezda bartaraf etgan. Hayriyatki, hodisa oqibatida jabrlanuvchilar yo‘q.

Hozirda Yong‘in xavfsizligi inspeksiyasi va yong‘in xizmatlari hodisa sabablarini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazmoqda.