O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkent viloyatida teplovoz va to‘rtta sisterna izdan chiqdi

UzDaily tahririyati · 29.07.2026 · 10:10 · 23 views
Toshkent viloyatida teplovoz va to‘rtta sisterna izdan chiqdi
Toshkent viloyatida teplovoz va to‘rtta sisterna izdan chiqdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida 28 iyul kuni Ohangaron stansiyasining «Olmaliq AKMK» hududidagi kirish temir yo‘l yo‘lida manyovr teplovozi va to‘rtta vagon-sisterna relsdan chiqib ketdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.

Kompaniya taʼkidlashicha, mazkur temir yo‘l yo‘li «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ infratuzilmasi tarkibiga kirmaydi va AKMKga tegishli hududda joylashgan.

Temir yo‘l kompaniyasi mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra, vagonlar shu kunining o‘zida yana relsga qaytarildi.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Atrof-muhitga zarar yetkazilmagan.