O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkent viloyati delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurmoqda

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 17:45 · 30 views
Toshkent viloyati delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurmoqda

Toshkent viloyati delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrifning dastlabki kunida Toshkent viloyati delegatsiyasi Minsk shahrida Belarus Respublikasi Prezidenti Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nikolay Sherstnyov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot avvalida tomonlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan strategik sheriklik siyosati va o‘zaro ishonch tamoyillari asosida izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Qayd etilganidek, bugungi kunda ikki mamlakat hamkorligi sanoat, qishloq xo‘jaligi, investisiyalar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm hamda gumanitar sohalarni qamrab olgan bo‘lib, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Uchrashuv davomida Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining iqtisodiy va investisiyaviy salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Belarus tomoni ham Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati va investisiya imkoniyatlariga yuqori baho berib, savdo-iqtisodiy hamda investisiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, aniq investisiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tizimli muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Safar dasturida yirik xorijlik biznes egalari hamda rasmiy doiralar vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.