O‘zbekiston

Tojikiston Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

Tojikiston Prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Tojikiston Prezidenti Oʻzbekistonga keldi  

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Tojikiston yetakchisini “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun ikki tomonlama muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.