Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda umummilliy «Yaşil makon» loyihasi doirasida 16,6 mln tup buta qalamçalari ekildi. Jami poytaxtda kamida 120 mln tup buta yetiştiriş rejalaştirilgan. Buning uçun şaharning 12 ta tumanining har birida 10 mln tupdan buta köçatlari parvarişlanadi.
Taşabbus Toşkent şahar hokimligi taşabbusi bilan amalga oşirilmoqda. Uning maqsadi köçat ekiş materiallarini mahalliy şaroitda yetiştirişni yölga qöyiş, importga qaramlikni kamaytiriş va tayyor köçatlarni xarid qiliş xarajatlarini qisqartirişdan iborat.
Işlar Bektemir tumanida boşlangan, keyinçalik poytaxtning barça tumanlarini qamrab olgan. Hokimlik ma’lumotlariga köra, loyihaga 2 500 nafardan ortiq xodim va qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.
Buta köçatlarini yetiştiriş uçun 31,4 gektar yer maydoni tayyorlangan. Şundan 3,8 gektarida issiqxonalar uçun yoysimon konstruksiyalar örnatilib, plyonkali qoplamalar tortilgan. Navbatdagi ekiş bosqiçini ötkaziş uçun ham 3,7 mln tup qalamça tayyorlab qöyilgan.
Loyihani amalga oşiriş poytaxtni mahalliy köçat ekiş materiallari bilan ta’minlaş, yaşil hududlarni kengaytiriş va şaharning ekologik barqarorligini mustahkamlaşga qaratilgan.
Hokimlikda köçatlarni mahalliy şaroitda yetiştirişni rivojlantiriş Toşkentni izçil kökalamzorlaştiriş va şahar mikromuhitini yaxşilaşga xizmat qiladi, deb hisoblanmoqda.