Iqtisod

Toşkent viloyati investorlari Belarusda ferma oçdilar

Toşkent viloyati investorlari Belarusda ferma oçdilar
Toşkent viloyati investorlari Belarusda ferma oçdilar / Foto: Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Belarusning Minsk viloyatidagi Bobrik qişloğida 27 oktyabr kuni Toşkent viloyati tadbirkorlari mablağlari hisobiga taşkil etilgan Maraqand Meat kompaniyasining çorvaçilik majmuasi oçildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Loyihaga kiritilgan investitsiyalar hozirga qadar 25 million dollarni taşkil etdi. Oçiliş marosimida Belarusda işçi taşrif bilan bölib turgan Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev iştirok etdi.

Kompaniya ixtiyorida 14 ming gektar yer maydoni va nasldor qoramollarni saqlaş hamda köpaytiriş uçun zarur infratuzilmaga ega yettita çorvaçilik majmuasi mavjud. Korxonada qariyb 70 ta maxsus texnika ham bor.

Ayni paytda xöjalikda 4,5 ming boş qoramol parvarişlanmoqda. Kelgusi yil yanvar oyiga qadar çorva mollari sonini 6 ming boşga, may oyiga qadar esa 10 ming boşga yetkaziş rejalaştirilgan.

Investorlar va Belaruslik hamkorlar bilan suhbatda Zoir Mirzayev bunday loyihalar ikki hudud örtasida investitsiyaviy hamkorlik va qişloq xöjaligi sohasidagi aloqalar kengayib borayotganini körsatişini ta’kidladi.

Hokim kelgusida bunday loyihalar kölami yana-da kengayişiga işonç bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.