O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

TIVda Oʻzbekistonning Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasidagi tashabbuslari muhokama qilindi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 11:20 · 39 views
TIVda Oʻzbekistonning Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasidagi tashabbuslari muhokama qilindi

TIVda Oʻzbekistonning Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasidagi tashabbuslari muhokama qilindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 9-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida Davlat rahbari tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ilgari surilgan tashabbuslar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Gibrid formatda o‘tgan ushbu tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekkosmos”agentligi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Turkiy universitetlar ittifoqiga (TURKUNIB) a’zo oliy ta’lim muassasalaridan 30 nafarga yaqin vakillar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizning TURKUNIBdagi raisligi doirasida amalga oshirilgan ishlar, Orxun akademik almashinuv dasturining joriy holati, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universitetida turkiy davlatlar yoshlari uchun ta’lim grantlarini joriy etish, shuningdek, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti negizida qo‘shma tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashkilot doirasida joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari, jumladan, “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” hamda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga tayyorgarlik ishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.