Tibbiyot sanoatini rivojlantirish agentligi va Jahon banki rahbari SSS loyihalarini muhokama qildi
Tibbiyot sanoatini rivojlantirish agentligi va Jahon banki rahbari SSS loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Jahon banki guruhi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tibbiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tomonlar sog‘liqni saqlash muassasalarini modernizatsiya qilish, yangi tibbiyot obyektlarini barpo etish, ularni boshqarishning zamonaviy modellarini joriy etish va investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xalqaro investorlarni jalb qilish, aholi uchun sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda hududlarda zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar chog‘ida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasi, yangi tashabbuslarni shakllantirishdagi strategik yondashuvlar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.