O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

S&P Navoiyuranning kredit reytingini "BB" ga ko'tardi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 17:25 · 31 views
S&P Navoiyuranning kredit reytingini "BB" ga ko'tardi

S&P Navoiyuranning kredit reytingini "BB" ga ko'tardi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy – Xalqaro reyting agentligi S&P Global Ratings Navoiyuran davlat korxonasining uzoq muddatli kredit reytingini «BB-» darajasidan «BB» darajasiga oshirdi. Reyting bo‘yicha prognoz «Barqaror» deb baholandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati 10-iyul kuni e'lon qildi.

Reytingning oshirilishi kompaniyaning operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlari izchil yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. 2024 va 2025-yillarda Navoiyuran DK uran qazib olish hajmini har yili 30–35 foizga oshirishga erishdi.

Kompaniya barqaror operatsion faoliyat natijalarini namoyon etib, bugungi kunda dunyoning eng yirik beshta uran ishlab chiqaruvchisi qatoridan mustahkam o‘rin egallab turibdi. S&P agentligining «Barqaror» prognozi kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi va rentabellikni barqaror darajada saqlab qolishi, konservativ qarz yukini yuritishi hamda yetarli likvidlik darajasini ta’minlab borishi kutilayotgani bilan izohlanadi.