O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Sirdaryo viloyatida yovvoyi oʻrdaklarni noqonuniy ovlash fosh etildi

UzDaily · 30.01.2026 · 11:55 · 881 views
Sirdaryo viloyatida yovvoyi oʻrdaklarni noqonuniy ovlash fosh etildi

Sirdaryo viloyatida yovvoyi oʻrdaklarni noqonuniy ovlash fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi hamda Qolg‘ansir davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaligi xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Sholikor” suv iste’molchilari uyushmasi hududi, Qolg‘ansir davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaligiga chegaradosh hududda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida 4 nafar fuqaro o‘zlariga tegishli ov qurollari yordamida 9 dona yovvoyi o‘rdakni hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, ya’ni 8 million 240 ming so‘mdan, jami 32 million 960 ming so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Shuningdek, tabiatga 3 million 708 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi. Huquqbuzarlardan yetkazilgan zarar va jarima undirilishi belgilandi.

Yovvoyi hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

UzDaily · 👁 881 views · 30.01.2026 · 11:55