Shoshilinch
Madaniyat

Oʻzbekiston Saudiya Arabistonining eng yirik madaniy majmualaridan birida milliy pavilyonini taqdim etadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va Saudiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Muhammad Abdulla Abunayyon o‘rtasida yo’l xaritasi imzolandi.

Hujjat Saudiya Arabistoni Podshohligining eng yirik madaniy-ko‘ngilochar majmualaridan biri bo‘lgan ʻʻBoulevard Worldʼʼda O‘zbekiston milliy pavilioni loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Loyiha O‘zbekistonning turizm va madaniy salohiyatini targ‘ib etish hamda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun uzoq muddatli platformaga aylanadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.