O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

O‘zbekiston 5 oyda 5,3 mln nafar turistni qabul qildi

UzDaily · 17.06.2026 · 17:35 · 27 views
O‘zbekiston 5 oyda 5,3 mln nafar turistni qabul qildi

O‘zbekiston 5 oyda 5,3 mln nafar turistni qabul qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–may oylarida mamlakatga turistik maqsadlarda 5 351 868 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 million nafarga yoki 27,3 foizga oshgan.

O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy qismi Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha Qirg‘iziston yetakchilik qildi — 1 539 503 nafar. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 1 246 689 nafar va Tojikiston — 1 211 060 nafar qayd etilgan.

Shuningdek, Rossiyadan — 465 885 nafar, Afg‘onistondan — 198 910 nafar, Xitoydan — 178 121 nafar va Turkmanistondan — 136 997 nafar turist kelgan.

Nisbatan kamroq hajmda Turkiyadan — 78 312 nafar, Hindistondan — 20 807 nafar va Germaniyadan — 18 291 nafar fuqaro O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Umuman olganda, ko‘rsatilgan davr mobaynida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan turistlar xalqaro turistik oqimlarning kengayishi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

UzDaily · 👁 27 views · 17.06.2026 · 17:35