O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Sherzod Poyonov – yoshlar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni

Dilafro'z Niyazova · 20.08.2025 · 12:40 · 718 views
Sherzod Poyonov – yoshlar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni
Sherzod Poyonov – yoshlar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni (surat: United World Wrestling)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Bolgariyaning Samokov shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashi bo‘yicha yoshlar (U20) jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega bo‘ldi.

Eng yuqori natijaga erkin kurashchi Sherzod Poyonov erishdi. U 92 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etdi, jumladan, Gretsiya, Yaponiya, Kanada hamda neytral maqomda qatnashgan Rossiya sportchilarini ortida qoldirdi.

Final bellashuvida o‘zbek sportchisi yorqin va qatʼiy kurash namoyish etib, Qozog‘istonlik Komil Kurugliyevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.