Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan so‘ng muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qilishni boshladi. Havo qatnovini "Silk Avia" kompaniyasining US721 reysi ochdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qo‘ndi.
Avval xabar qilinganidek, 13-mart kuni Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Uzoq muddatli foydalanishdan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirildi. Yurish yo'lagini ta'mirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi, bu esa parvozlar qulayligi va xavfsizligini oshiradi.