O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senatda xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

Dilafro'z Niyazova · 07.05.2026 · 20:20 · 620 views
Senatda xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi
Senatda xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida  hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum xalq diplomatiyasini tizimli asosda rivojlantirish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, shuningdek, xalqaro gumanitar aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, memorandumdagi ustuvor hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, yo‘nalishlar, aniq choralar va qo‘shma tadbirlar belgilab olindi.

Memorandumni imzolash doirasida “Xalq diplomatiyasi – tinchlik sari birgalikda qadam” nomli kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida ishtirokchilar xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikr almashdi.