O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senatda Shvetsiya bilan parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Dilafro'z Niyazova · 04.04.2025 · 17:15 · 654 views
Senatda Shvetsiya bilan parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish  masalalari muhokama qilindi
Senatda Shvetsiya bilan parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish  masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 4-aprel kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva Shvetsiya Qirolligi parlamenti (Riksdag)ning Vitse-spikeri Yuliya Kronlid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish uchun o‘zaro tashriflarni yana-da faollashtirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va parlament qo‘mitalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr yuritildi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat parlament qo‘mitalari hamda mahalliy Kengashlar o‘rtasida muloqotni takomillashtirishga kelishib olindi.