O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senat Oliy sud tarkibiga kiritilgan o'zgartirishlarni ma'qulladi

Dilafro'z Niyazova · 19.05.2026 · 17:25 · 491 views
Senat Oliy sud tarkibiga kiritilgan o'zgartirishlarni ma'qulladi
Senat Oliy sud tarkibiga kiritilgan o'zgartirishlarni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 15-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq  Kaxramon Mirsafayev va Maxfirat Ochilova o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

 Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan I.Boltaxodjayeva, B.Israilov, G.Parpiyeva, J.Rasulov, N.Rasulov, N.Raxmonov, shuningdek, o‘z arizasiga binoan Sh.Boliyev, B. Tangabayev, N.Xadjimatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.