O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Sayfullayeva Sanyada O‘zbekistonga oltin medal olib keldi

Dilafro'z Niyazova · 27.04.2026 · 21:15 · 1503 views
Sayfullayeva Sanyada O‘zbekistonga oltin medal olib keldi
Sayfullayeva Sanyada O‘zbekistonga oltin medal olib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyning Sanya shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI Osiyo plyaj o‘yinlarida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Plyaj yengil atletikasi bo‘yicha musobaqada Barnoxon Sayfullayeva g‘alaba qozondi. U balandlikka sakrash yo‘nalishida 1,85 metr natija ko‘rsatib, eng yaxshi ko‘rsatkichga erishdi.

Kumush va bronza medallarini Xitoy sportchilari qo‘lga kiritdi, ularning har ikkisi 1,83 metr natija qayd etdi.

Sayfullayevaning oltin medali mazkur o‘yinlarda O‘zbekiston terma jamoasi uchun ilk oltin mukofot bo‘ldi.