O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Savdo-sanoat palatasi Termiz savdo markazi orqali Afgʻonistonga eksportni kengaytirish masalasini muhokama qildi

UzDaily · 21.06.2026 · 18:10 · 29 views
Savdo-sanoat palatasi Termiz savdo markazi orqali Afgʻonistonga eksportni kengaytirish masalasini muhokama qildi

Savdo-sanoat palatasi Termiz savdo markazi orqali Afgʻonistonga eksportni kengaytirish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida tarmoq uyushmalari rahbarlari, tadbirkorlar hamda "Termiz xalqaro savdo markazi" MCHJ vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Afg‘oniston yo‘nalishida eksport faoliyatini kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni ushbu bozorga yetkazib berish hajmini oshirish hamda tadbirkorlar uchun yangi savdo imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan "Termiz xalqaro savdo markazi" hududida tashkil etilayotgan ko‘rgazma va savdo tadbirlari o‘zbek tadbirkorlarining tashqi bozorlarga chiqishiga, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo munosabatlarini yana-da faollashtirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv davomida Markaz faoliyati, xususan eksport hajmini oshirish, xorijiy xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirish va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga Markaz hududida doimiy shourumlar tashkil etish, mahsulotlarini namoyish qilish hamda Afg‘oniston bozorida o‘z ishtirokini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik takliflari ilgari surildi.

UzDaily · 👁 29 views · 21.06.2026 · 18:10