O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Saudiya Arabistonida bo‘lgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni qariyb 50 foizga oshdi

UzDaily · 10.10.2025 · 11:15 · 1491 views
Saudiya Arabistonida bo‘lgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni qariyb 50 foizga oshdi

Saudiya Arabistonida bo‘lgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni qariyb 50 foizga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar–avgust oylarida Saudiya Arabistoniga turizm maqsadida borgan O‘zbekiston fuqarolari soni 165,7 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,8 ming kishiga yoki 48,1 foizga ko‘pdir.

O‘zbekistonliklarning katta qismi — 141,6 ming kishi — Saudiya Arabistoniga sayyohlik maqsadida yo‘l olgan.

Shuningdek, 23,5 ming fuqaro yaqinlarini ziyorat qilish uchun borgan, 548 kishi davolanish, 62 kishi xizmat safari va 18 kishi o‘qish maqsadida safar qilgan.

UzDaily · 👁 1491 views · 10.10.2025 · 11:15