O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Sanoat hamkorligi va davlat xaridlari agentligi KPMG bilan hamkorlikni boshlaydi

UzDaily tahririyati · 26.06.2026 · 22:20 · 40 views
Sanoat hamkorligi va davlat xaridlari agentligi KPMG bilan hamkorlikni boshlaydi

Sanoat hamkorligi va davlat xaridlari agentligi KPMG bilan hamkorlikni boshlaydi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida dunyoning yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — KPMG Uzbekistan vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida davlat xaridlari tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, institutsional salohiyatni oshirish hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 17-sonli va PF-259-son Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Kelishuv quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
davlat xaridlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish va CIPS xalqaro professional sertifikatlash tizimini joriy etish;
PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) yondashuvlarini tatbiq etish;
komplayens, forenzik audit, risklarni boshqarish hamda davlat xaridlarida shaffoflik va halollik mexanizmlarini kuchaytirish.

Uchrashuv yakunida 2026-yil uchun ustuvor qo‘shma loyihalarni shakllantirish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mazkur hamkorlik davlat xaridlari tizimini zamonaviy xalqaro amaliyotlar asosida takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tizimning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.