Valyuta kurslari 08/10/2024
$1 – 12794.88
UZS – 0,16%
€1 – 14021.91
UZS – -0,49%
₽1 – 132.99
UZS – -1,2%
Qidirish
Iqtisod 26/08/2024 Samarqandda OIIB boshqaruv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Samarqandda OIIB boshqaruv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 

Joriy yilning 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Shohrux Gulamov Samarqand shahrida 25–26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan OIIB Boshqaruv Kengashining “Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish” mavzusidagi 2024-yilgi 9-Yillik yig‘ilishining anons qilishga qaratillgan anjumanda ishtirok etdi.

O'zining tabrik so'zida Shohrux Gulamov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining Yillik yig'ilishi Markaziy Osiyoda birinchi marta o'tkazilishini alohida ta'kidlab o'tdi. Bu, o'z navbatida,  O'zbekistonning AIIB bilan aloqalarning mustahkamligi va bankning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmaviy va transport loyihalarini amalga oshirish, “yashil energiya” obyektlarini joriy qilish va boshqa sohalardagi roli muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) xalqaro moliya instituti hisoblanadi. Bankning vazifasi Osiyo va undan tashqarida infratuzilmani moliyalashtirishdan iborat. Bank o‘z faoliyatini 2016-yilda boshlagan. Bugungi kunda 109 dunyo mamlakatlari unga a’zo davlatlarga aylandi. Bank kapitallashuvi 100 milliard dollarni tashkil etadi va asosiy xalqaro kredit reyting agentliklari OIIBga AAA reytingini bergan.

Uchrashuv davomida OIIB vakillari tomonidan Bankning siyosati va strategiyasi, investitsiya operatsiyalari, xususan, Markaziy Osiyo va Oʻzbekistondagi faoliyati, shuningdek, Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Yillik yigʻilish boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi. Ma’ruzachilar 50 dan ortiq panel munozaralari, davra suhbatlari, yirik loyihalar taqdimotlari, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan tadbir dasturiga batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Unda 100 dan ortiq ma’ruzachilar – 109 davlatdan xalqaro ekspertlar, yirik kompaniyalar, moliya institutlari rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘z navbatida, OIIB vitse-prezidenti va korporativ kotibi Lyudjer Shuknext Bank Boshqaruv Kengashining 9-Yillik yig‘ilishini tashkiliy va mazmunan yuqori darajada o‘tkazish imkonini bergan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Joriy loyihalar birgalikda muvaffaqiyatli yakunlanishi va yangi tashabbuslarni amalga oshirish orqali hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling