O‘zbekiston

Samarqand va Sankt-Peterburg migratsiya sohasida hamkorlik qiladi

Samarqand va Sankt-Peterburg migratsiya sohasida hamkorlik qiladi
Samarqand va Sankt-Peterburg migratsiya sohasida hamkorlik qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati va Sankt-Peterburg migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Ushbu kelishuv Sankt-Peterburg ma’muriyati vakillarining O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbariyati bilan uchrashuvi davomida erishildi.

Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va tibbiy huquqlarini ta’minlashga, shuningdek, xavfsiz va tartibli migratsiya jarayonlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratgan holda hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.