Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazdi
Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston vakili Fransiya rahbariga ko‘rsatilgan yuksak eʼtibor hamda samimiy va iliq qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Emmanuel Makronga eng ezgu va samimiy tilaklarni yetkazdi.
Tomonlar ikki davlatni uzoq yillar davomida o‘zaro hamkorlikning qator muhim strategik yo‘nalishlarini qamrab olgan mustahkam sheriklik munosabatlari bog‘lab turganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Toshkent va Parij kelgusida ham ko‘plab muhim qo‘shma loyihalar va bunyodkor tashabbuslarni amalga oshirishiga qatʼiy ishonch bildirdi.
Muloqotni yana-da chuqurlashtirish har ikki mamlakat uchun amaliy manfaat keltirishi va davlatlararo aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.