O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Texnologiyalar

Rossiyaning PRESSFEED kompaniyasi Sirdaryo viloyatida filial ochmoqda

Dilafro'z Niyazova · 27.09.2025 · 09:30 · 10775 views
Rossiyaning PRESSFEED kompaniyasi Sirdaryo viloyatida filial ochmoqda
Rossiyaning PRESSFEED kompaniyasi Sirdaryo viloyatida filial ochmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya kompaniyasi PRESSFEED Sirdaryo viloyatida o‘z filialini ochishini maʼlum qildi.

«ICT WEEK – 2025» doirasida viloyat hokimligi va kompaniya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat qo‘shma faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Asosiy eʼtibor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida autsorsingni rivojlantirish va sunʼiy intellekt asosidagi yechimlarni joriy etishga, yosh dasturchilar uchun ish bilan taʼminlashning yangi imkoniyatlarini yaratishga, shuningdek, hakatonlar, butkemplar hamda xalqaro ko‘rgazmalar va biznes-forumlar bilan hamohang tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.

Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi yoshlarning raqamli kompetensiyalarini oshirish va Sirdaryo viloyatida axborot texnologiyalari taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.