Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
O‘zbekiston 07/01/2025 Rasul Kusherboyev: Avval alkogolga qarshi kurashish kerak, elektron sigaretalarga emas

Rasul Kusherboyev: Avval alkogolga qarshi kurashish kerak, elektron sigaretalarga emas

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Ekologiya vazirligi maslahatchisi va sobiq deputat Rasul Kusherboyev elektron sigaretalar hamda nikotin yetkazib berish uskunalari aylanmasini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini tanqid qildi.

YouTube kanalidagi videomurojaatida u sigaret chekishga qarshi ekanligini ta’kidlar ekan, bu qurilmalarni taqiqlashdagi mantiqni tushunmasligini bildirib, alkogol iste’molini cheklash bo‘yicha choralar ko‘rilmayotganini tanqid qildi.

Kusherboyev alkogolning zarari chekishga qaraganda ancha jiddiy ekanligini qayd etdi.

U alkogol iste’mol qilish ko‘pchilik jinoyatlarga sabab bo‘lishini ta’kidlab, nima uchun alkogol mahsulotlari shunchalik qat’iy nazoratga olinmaganiga savol qo‘ydi.

Misol tariqasida Nukusdagi fojiani keltirib o‘tdi, unda FVVning mast holdagi harbiysi 5 kishini yaraladgan va bittasini o‘ldirgan edi. Shuningdek, alkogol iste’moli tufayli yuzaga kelgan o‘limli YTHlar haqida esladi.

Uning fikricha, alkogolning jamiyatga zarari katta, ammo uning iste’molini cheklash bo‘yicha qonun loyihalari yo‘q.

Kusherboyev ustuvor vazifalarni haqiqiy xavf va jamiyat uchun tahdidlarga asosida qurush kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, birinchi navbatda alkogol iste’molini cheklashga e’tibor qaratilmog‘i lozim, elektron sigaretalarni taqiqlashga emas.

Shuningdek, sobiq deputat O‘zbekistonda vino va pivo reklama qilinishiga e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, bu tamaki mahsulotlariga qarshi kurash fonida mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

"Ustuvorliklarni qayta ko‘rib chiqib, eng muhim masalalarga e’tibor qaratish kerak. Agar ustuvor masalalarni aniqlasak, qonun loyihalari mantiqli bo‘ladi", — deb yakunladi Kusherboyev.

Aytish joizki, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda elektron sigaretalar bilan bog‘liq muammolar faol muhokama qilinayotgan bo‘lsa-da, salomatlikka jiddiy zarar yetkazuvchi an’anaviy tamaki mahsulotlari hukumat va deputatlar tomonidan bunchalik diqqat markazida emas.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling