O‘zbekiston

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tabrikladi

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tabrikladi
Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tabrikladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Suhbatda O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani, ko‘p qirrali hamkorlik barcha ustuvor yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.